Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mumtoz adabiyotning yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi, sarkarda, Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.

Mumtoz adabiyotning yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi, sarkarda, Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.
Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskin shunday degan: «Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi». Bobur Mirzo tavallud kunida u haqida eng muhim 5 ta faktni yodingizga solamiz: Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi. Bobur Afg‘onistonda «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etgan. Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.