Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI

MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari ta’sis etilgan edi. Navoiy viloyati hokimligida turli soha vakillariga mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari tantanali topshirildi. Navoiy viloyat agroxizmatlar markazi rahbari Zaripov Habib Salimovich ham taqdirlanganlar qatoridan joy oldi. AKIS UZBEKISTAN

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.