munozara

Sifatli ko‘chat qanday yetishtiriladi?
Hosildor bog‘ va sifatli mahsulot doim bog‘bonning orzusi bo‘lib kelgan. Orzularni ushaltirib, real voqelikka aylantirish esa sifatli ko‘chatni talab qiladi. Ochig‘i, bugun ayni yo‘nalishda tirikchilik qilayotgan tadbirkorlarning soni ham oz emas. Lekin bozordan sotib olingan ko‘chat har doim ham kutilgan natijani bermaydi. Masala shundaki, sifatli ko‘chat uchun kuchli payvandtag va xaridorgir meva beruvchi payvandust kerak. Bu endi ilm ahli yechadigan masala.
Rostdan ham bugun ko‘chatchilik borasida yechimini kutayotgan masalalar ko‘p. To‘g‘ri, olimlar bu ish bilan uzluksiz shug‘ullanib kelishadi. Lekin o‘zgarib borayotgan iqlim, suv resurslarining tobora kamayishi va tuproqning sho‘rlanish darajasi ortishi kabi omillar ko‘chatchilikda ham yangicha ilmiy izlanishlar va innovatsion yechimlarni talab qilmoqda.
⌛ Bugun Milliy markazda tashkil etilgan drayver ilmiy loyihalarning muhokamasida ham ushbu masalaning ilmiy yechimi haqida so‘z bordi.
Unda akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Jamol Fayzievning “Meva o‘simliklar navlari va payvandtaglarini onalik bog‘larini boyitish va ko‘chatini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi taqdimotida bu haqda batafsil ma’lumotlar taqdim qildi.
Taqdimot so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Sifatli ko‘chat yetishtirish va payvand qilish borasida o‘z bilimlringizni boyitmoqchi bo‘lsangiz yuqoridagi videorolikni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali tamosha qilishni tavsiya qilamiz.
Bizni kuzatib boring!
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube