Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mustahkam hamkorlik – kelajak poydevori

Mustahkam hamkorlik – kelajak poydevori
So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli. Jumladan, "O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi" doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning “JINHAI Technology” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Unda, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani qayd etildi. Binobarin, Xitoyning baliqchilik sohasida juda ham katta maktabi bor ekanini inobatga olib, nafaqat baliq kasalligiga qarshi kurashishning yangi texnologiyalari, balki, hayvon kasalliklarini oldini olish borasida vaksinaga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. O‘z navbatida, “JINHAI Technology” kompaniyasi investitsiyasi asosida O‘zbekistonda chorva mollarini yuqumli kasalliklardan asrash bo‘yicha vaksina ishlab chiqaradigan hamkorlikdagi qo‘shma korxona tashkil etish masalasi o‘rtaga tashlandi. Aytish kerakki, bu korxonaning tashkil etilishi orqali nafaqat yurtimizdagi chorva mollarini arzon, sifatli, xalqaro sertifikatga ega vaksina bilan emlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan sut va go‘sht mahsulotni chet elga eksport qilish uchun ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.