Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mustahkam hamkorlik yo‘lidagi yana bir uchrashuv

Mustahkam hamkorlik yo‘lidagi yana bir uchrashuv
Xabar berganimizdek, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida tashkil etilgan “O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi” avvalida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti prorektori professor Wu Pute bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida, bugungi kunda Toshkent davlat agrar universiteti va Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan bir qator loyihalar va kelgusi hamkorlik masalalari xususida so‘z bordi. Ibrohim Abdurahmonov o‘z navbatida bugungi kunda ilm-fanni rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligida yangicha qarash, yangicha munosabatlarga ishonch bildirgan holda mazkur uchrashuv keng ko‘lamli islohotlarning izchilligini ta’minlashda alohida o‘rin tutishi qayd etdi. Zero, mazkur uchrashuv nafaqat Xitoy balki O‘zbekiston agrar ta’lim tizimi rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.