Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA: AGRAR SOHADAGI YUTUQLAR RAQAMLARDA

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA: AGRAR SOHADAGI YUTUQLAR RAQAMLARDA
G‘ALLACHILIK — MO‘L HOSIL VA YANGI YONDASHUVLAR! 10 MILLION TONNA — ULKAN MARRA SARI! Yurtimizda g‘allachilikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va xalqimiz dasturxonini sifatli don mahsulotlari bilan ta’minlash borasida muhim natijalarga erishilmoqda. 2026-yilda g‘allachilikda 10 million tonna hosil olindi. 944,1 MING GEKTAR — MO‘L HOSIL POYDEVORI! Joriy yil hosili uchun respublika bo‘yicha sug‘oriladigan 944,1 ming gektar maydonga kuzgi boshoqli don ekinlari ekildi. BU NATIJALARGA QANDAY ERISHILMOQDA? YANGI YONDASHUV — URUG‘NI TINDIRIB EKISH! G‘allachilikda urug‘lik donni tindirish orqali ekishga tayyorlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Bu urug‘larning sifatini oshirish, bir tekis unib chiqishini ta’minlash va kelgusida yuqori hosil olish uchun muhim qadam bo‘ldi. — YUQORI HOSILLI NAVLAR VA SIFATLI URUG‘! Hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos, serhosil navlarni tanlash va urug‘chilik tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. — ILM VA ZAMONAVIY AGROTEXNOLOGIYALAR! Sug‘orish, oziqlantirish va boshqa agrotexnik tadbirlar ilmiy tavsiyalar asosida amalga oshirilmoqda. — ZAMONAVIY TEXNIKA VA TEZKOR O‘RIM! Yuqori unumli texnikalardan foydalanish orqali hosilni o‘z vaqtida va nes-nobud qilmasdan yig‘ib olishga erishilmoqda. 4 MILLION TONNAGA YAQIN SAQLASH SIG‘IMI! ℹRespublikadagi don korxonalari va qabul maskanlarida 3 million 969 ming tonna donni saqlash imkoniyati yaratildi. Bu yetishtirilgan hosilni sifatli qabul qilish va saqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 944 ming gektardan ortiq maydon, 10 million tonnalik ulkan marralar, urug‘ni tindirib ekish kabi yangi yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar va bozor tamoyillari — bular O‘zbekiston g‘allachiligining yangi bosqichdagi yutuqlaridir! Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.