Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mutolaa

Mutolaa
Siz bu maqolalarni o'qidingizmi? Shu kunlarda Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik I. Abdurahmonovning markaziy nashrlarda chop etilgan maqolalari ilmiy jamoatchilik o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Jumladan, “Yangi O‘zbekiston” gazetasida e’lon qilingan “2050-yil dasturxoni: Insoniyatni kim va qanday boqadi?”, “Olimlar yaratayotgan ilmiy mahsulot nega bozorini topa olmayapti?” hamda “Quyidan – ilm cho‘qqisiga: innovatsiyaning yangi zanjiri yoxud grant, olim, xonadon, fermer va bozorni birlashtiradigan tizim haqida”, shuningdek, “Qishloq hayoti” gazetasida chop etilgan "Yaxshi urug‘ – aqlli kompyuter ya'ni "HARDWARE", to‘g‘ri agrotexnika – uni ishlatadigan "SOFTWARE" nomli maqolalarda agrar sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari, oziq-ovqat xavfsizligi, ilm-fan va innovatsiyalarning o‘rni, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq masalalar ilmiy asosda tahlil qilinib, ularning yechimlari yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Ta’kidlash joizki, ushbu maqolalar, gazetachilar tili bilan aytganda, nashrlarning “mix" maqolalariga aylandi. Sababi, muallif tomonidan ko‘tarilgan masalalar va bildirilgan fikrlar ayni muddaoga qaratilgan, dolzarb va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, bu maqolalar mamlakat ilmiy jamoatchiligini sergak torttirdi, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi borasidagi mavjud yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishga undadi. Maqolalar chop etilgan gazetalarning havolalari mushtariylar o'rtasida katta tezlik bilan tarqalib ketdi. Maqolalarning yana bir muhim jihati — ularning sodda va ommabop tilda yozilganidadir. Xususan, “Qishloq hayoti” gazetasida chop etilgan “Yaxshi urug‘ – aqlli kompyuter ya'ni "HARDWARE", to‘g‘ri agrotexnika esa uni ishlatadigan "SOFTWARE” nomli maqolada muallif murakkab ilmiy tushunchalarni ham keng kitobxonlar ommasi uchun sodda va tushunarli tarzda sharhlaydi. Masalan, epigenetika haqida so‘z yuritar ekan, u shunday yozadi: “Epigenetika deganda ko‘pchilik murakkab laboratoriya, gen, DNK, molekula, uskuna, formula deb o‘ylashi mumkin. Aslida esa uni dehqon tilida juda sodda tushuntirish mumkin: DNK – bu urug‘ning alifbosi. Epigenetika esa shu alifbodan qaysi so‘z qachon, qayerda va qanday o‘qilishini boshqaradigan tartibdir” Bunday sharhlar nafaqat ilmiy xodimlar, balki sohadan uzoq bo‘lgan oddiy kitobxon uchun ham tushunarli bo‘lib, maqolani qiziqish bilan mutolaa qilishga undaydi. Shu bois ham mazkur maqolalar ilmiy jamoatchilik o‘rtasida keng rezonans uyg‘otib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Maqolalarda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar, bildirilgan fikr-mulohazalar hamda taklif etilgan ilmiy yechimlar Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari va mutaxassislari ishtirokida keng muhokama qilinmoqda. Ana shunday muhokamalardan biri Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib o‘tdi. Unda maqolalarda ko‘tarilgan dolzarb masalalar, agrar soha oldida turgan ustuvor vazifalar, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, ilmiy natijalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tadbir ishtirokchilari mazkur maqolalarda bayon etilgan taklif va tashabbuslar mamlakat qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish, sohaning raqobatbardoshligini oshirish hamda ilmiy salohiyatdan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Mazkur maqolalar muhokamasi Milliy markaz tizimidagi barcha ilmiy muassasa va tashkilotlarda katta qiziqish bilan davom etmoqda. Davra suhbatlarida maqolalarda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar atroflicha muhokama qilinib, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.