Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Natija

Natija
USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI Bugun Milliy markazda yangi ish haftasining rejalashtirilishi xushxabar bilan boshlandi. Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov Markazning Texnik ekinlar va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Ikrom Qoraboev Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra professor unvoniga ega bo‘lganini xursandchilik bilan e’lon qildi. – Milliy markaz jamoasi a’zolarining ilm pillapoyalaridan yuqori ko‘tarilishi bizning yaqin kelajakda Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasini tashkil etishdagi tashabbuslarimizga rag‘bat, harakatlarimizga dadillik bag‘ishlaydi, – dedi Milliy markaz direktori Sh. Otajonov. Shundan so‘ng, o‘tgan haftada amalga oshirilgan vazifalari ijrosi tahlil qilinib, yangi ish haftasining ustuvor vazifalari belgilab olindi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.