Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

NATIJADORLIKNI MAS’ULIYAT HAL QILADI

NATIJADORLIKNI MAS’ULIYAT HAL QILADI
Bugun Milliy markazda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tizimdagi barcha hududiy agroxizmatlar markazlari rahbarlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy tajriba stansiyalari mutasaddilari Zoom platformasi orqali ishtirok etdi. Yig‘ilishda Milliy markaz va tizim tashkilotlari tomonidan o‘tgan haftada belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi. Dolzarb vazifalar bo‘yicha ijrochilarning axborotlari tinglanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan zarur tavsiya va takliflar berildi. Mavsumning dolzarb vazifalaridan biri agrar sohadagi ilmiy-tadqiqotlarni xonadonlarda kichik loyihalar asosida o‘tkazishdir. – Bahor boshlandi. Vaqt kutib turmaydi. Xonadonbay loyihalarni boshlash uchun mahallalarda ilmiy jamoalar bilan ko‘ngilli ravishda hamkorlik qiladigan xonadonlar bilan kelishuvni tezroq yakunlab ishga kirishish zarur. Ushbu vazifaning to‘laqonli amalga oshirilishiga viloyatlardagi Agroxizmatlar markazlari rahbarlariga shaxsan javobgarlik yuklatiladi, – deya qat’iy ta’kidladi Milliy markaz direktori Sh. Otajonov Shuningdek, kengaytirilgan yig‘ilishda Buxoro viloyati Agroxizmatlar markazi rahbarining tashkilot faoliyatining natijadorligi yuzasidan bergan axboroti qoniqarsiz, deya qabul qilinib, Milliy markaz rahbariyati tomonidan faoliyatga nisbatan tanqidiy baho berildi. – Bundan faqatgina bir viloyatdagi tashkilot rahbari emas, balki tizimdagi barcha tashkilotlar mutasaddilari tegishli xulosa chiqarishlari lozim, – dedi Sh. Otajonov mas’uliyatsizlikka nisbatan o‘z munosabatini bildirib. Yig‘ilish davomida kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.