Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Nav

Nav
Kuzgi yumshoq bug‘doyning “Obod” navi — barqaror hosil va yuqori sifat “Obod” — O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan bo‘lib, 2022-yildan Toshkent, Farg'ona hamda Jizzax viloyatlari uchun istiqbolli nav sifatida davlat reyestriga kiritilgan kuzgi yumshoq bug‘doy navidir. Asosiy biologik va xo‘jalik ko‘rsatkichlari: Pishish muddati: 220–224 kun (ertapishar) Turi: Grekum O‘simlik bo‘yi: 100–104 sm 1000 dona don vazni: 48–50 g 1 boshoqdagi don soni: 60–65 dona Hosildorlik: 77,2–80,5 s/ga Don sifati: Don turi: “qimmatbaho” Oqsil: 14,4 % Kleykovina: 32,4 % Don yaltiroqligi: 83,5 % Kasallik va stress omillariga chidamliligi: Sariq va qo‘ng‘ir zangga — o‘ta chidamli Issiqlik va sho‘rga — o‘rtacha chidamli Zang kasalliklariga qarshi kimyoviy ishlov talab etilmaydi, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi Agrotexnik tavsiyalar: Ekish me’yori: 4,0 mln dona unuvchan urug‘/ga (≈200 kg) O‘g‘itlash: N 180–210 | P 125–150 | K 60–80 kg/ga Yetishtirish sharoiti: sug‘oriladigan yerlar O‘tmishdosh ekin: dukkakli ekinlar Amaliy ustunliklari: Don og‘irligi keng tarqalgan navlarga nisbatan 10–15 % yuqori Suv sarfi 10–15 % gacha tejaladi Zang xavfi yuqori hududlar va janubiy mintaqalar uchun tavsiya etiladi O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda ham yuqori hosil ko‘rsatadi “Obod” — zamonaviy seleksiya mahsuli, barqaror hosil va sifatli don kafolati. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.