Navro‘z muborak!

Aziz vatandoshlar, hurmatli agrar soha vakillari!
Yurtimizga orziqib kutilgan, yasharish va yangilanish fasli — Navro‘z kirib kelmoqda. Shu munosabat bilan sizlarning barchangizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Navro‘z — bu tabiat uyg‘onadigan, yer ko‘karadigan, inson qalbida yangi umidlar paydo bo‘ladigan qutlug‘ ayyomdir. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida bu davr yangi mavsumning boshlanishi, kelajak hosil uchun mustahkam asos qo‘yiladigan eng muhim palladir.
Bugun dalalarda ish boshlanmoqda, fermer va dehqonlarimiz katta ishonch bilan yangi marralar sari qadam qo‘ymoqda. Bu jarayonda agrar soha olimlarining hissasi alohida ahamiyat kasb etadi. Sizlarning yil davomida olib borayotgan ilmiy izlanishlaringiz, yaratayotgan innovatsion yechimlaringiz hosildorlikni oshirish va sohani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Navro‘z kunlari yurtimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va saxovat yanada mustahkamlanadi. Insonlar bir-birini qadrlab, yaxshilik qilishga intiladi.
Shu go‘zal ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik va fayz tilayman. Mehnatingiz samarali, natijalaringiz barakali bo‘lsin!
Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Shodmon Namozov
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube