Nazariya amaliyotda mustahkamlanmoqda

Qishloq xo‘jaligi sohasida tahsil olayotgan talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab bormoqda.
Ana shunday amaliy mashg‘ulotlarning navbatdagisi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydonlarida tashkil etildi. Unda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari ishtirok etdi.
Institut olimlari tomonidan dual ta’lim tizimi asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda talabalar o‘z nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.
Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy agrotexnologiyalar, ekinlarni parvarishlash hamda ilmiy yondashuv asosida hosildorlikni oshirish usullari bo‘yicha ilmiy asoslangan ma’lumotlar taqdim etildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube