Аndijonda intensiv usulda chorva ozuqalarini yetishtirish boʼyicha seminar boʼlib oʼtdi

Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Аndijon viloyat agroxizmatlar markazi va
Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan
hamkorlikda АKIS tomonidan koʼrsatiladigan xizmat turlari va faoliyati haqida seminar qatnashchilariga keng ma'lumot berildi.
Seminar davomida xonadon va tomorqalarda parranda va hayvonlarda uchraydigan turli kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha tavsiyalar aytib o'tildi
Chorva hayvonlarini sifatli oziqlantirishning intensiv usuli mavzularida qilingan taqdimotlari tadbir ishtirokchilarida qiziqish uyg'otdi.
Seminar yakunida Turkiya davlatidan kelgan hamkor Muhammet Sedat Qoljuoʼgʼlu bugungi kunda Turkiya davlatida chorvachilik sohasida erishilgan natijalar va yangiliklar toʼgʼrisida qatnashchilariga ma'lumot berdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube