Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Nega Xorazm gurvagi ham dunyo brendiga aylanmasligi kerak?

Nega Xorazm gurvagi ham dunyo brendiga aylanmasligi kerak?
Shu kunlarda yurtimizda pishiqchilik mavsumi boshlandi. Bozorlarimiz shirin qovunlarga to‘ldi. Ular orasida esa Xorazmning mashhur gurvagi alohida o‘rin tutadi. Xorazmda "Gurvak pishibdi!" degan xabarning o‘ziyoq odamlarning ishtahasini ochadi. Chunki gurvak nafaqat qovun, balki Xorazmning haqiqiy brendi hisoblanadi. Endi Yaponiyaga nazar tashlaylik. Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi Yubari shahrida yetishtiriladigan Yubari King qovuni dunyodagi eng mashhur qovunlardan biri hisoblanadi. U cheklangan miqdorda yetishtiriladi, har bir meva alohida parvarish qilinadi va eng saralari auksionga chiqariladi. Hattoki, 2019-yilda mavsumning ilk auksionida bir juft Yubari King qovuni 5 million iyenga, ya’ni o‘sha vaqtda taxminan 45 minga sotilgani bor gap. Bu mazkur qovun uchun qayd etilgan eng yuqori narxlardan biri hisoblanadi. Yaponiyada Yubari King oddiy meva emas. U bayramlar, tantanalar va muhim uchrashuvlarda eng nufuzli sovg‘alardan biri sifatida taqdim etiladi. Oddiy savdo tarmoqlarida ham bu qovunning bir donasi sifatiga qarab o‘nlab, hatto yuzlab dollarga sotiladi. Shunda bir savol tug‘iladi. Xorazm gurvagi nimasi bilan kam? Ta’mi bilanmi? Hidi bilanmi? Ko‘rinishi bilanmi? Albatta, yo‘q. Balki bizga yetishmayotgan narsa mahsulot emas, balki uning brendi, tarixi, geografik maqomi va xalqaro marketingidir. Axir, mahsulotning qiymatini faqat uning sifati emas, balki u haqida yaratilgan hikoya, ishonch va brend ham belgilaydi. Siz nima deb o‘ylaysiz? Xorazm gurvagi ham xalqaro brendga aylanishga munosibmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.