No‘xat ekishga tayyormisiz?

Qamashi tumanida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari ishtirokida lalmikor maydonlarda no‘xat va g‘alla ekinlarini parvarishlash mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida agrar soha vakillari, fermer va dehqonlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, ekinlarni samarali parvarishlash usullari hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar-treningda institut direktori, professor Diyor Jo‘rayev mavzu yuzasidan zarur ilmiy ma’lumotlar va amaliy tavsiyalarni taqdim etdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga mavzu doirasida tayyorlangan videorolik havola etildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube