NO'XAT — SERDAROMAD EKIN

No‘xat – dukkaklilar oilasiga mansub ekin.
Vatani Osiyo.
Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli, balandligi 30-70 sm. Mevasi dukkak, dukkagida 1tadan 3 tagachs don bo‘ladi. Don rangi oq, to‘qsariq, issiqsevar va yorug‘sevar, bahorgi ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli, urug‘i 2-5°C haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o‘sadi. Maysasi bahorgi -6-8°C gacha qorasovuqlarga chidaydi. Namlik meʼyordan ortiq bo‘lsa kasallanadi, shona va guli to‘kiladi. O‘zidan changlanadi. O‘suv davri 70-190 kun. Bir mavsumda bir gektar yerda no‘xat ildizlari 50-70 kg sof holda azot to‘playdi. Keng qatorlab (qator orasi 45-60 sm) yoki yoppasiga qatorlab (qator orasi 15 sm), baʼzan sepma usulida 5-10 sm chuqurlikda ekiladi. O‘zbekistonda aksariyat lalmi yerlarda ekiladi. Gullash davrida suvni kam meʼyorda berish yaxshi natija beradi, to‘liq pishganda guli to‘kiladi, dukkagi deyarli chatnamaydi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda no‘xatning 11 navi yetishtiriladi.
Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan no'xatning "Yulduz", "Zumrad", "Polvon" navlari, Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan esa "Jahongir" va "Iroda 96" navlari yaratilgan bo'lib, respublikamizning sug'oriladigan yerlarida ekish uchun tavsiya etiladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan no‘xat mahsuloti Avstraliya, Avstriya, Ozarbayjon, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vetnam, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Xitoy, Koreya, Latviya, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Tayvan, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina va Qirg‘iz Respublikasiga eksport qilinmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube