Noyob mahsulotlar

Dunyodagi eng qimmatbaho qovun qayerda yetishtirilishini bilasizmi?
Buni qarangki, dunyodagi eng qimmat qovun ham eng noyob tarvuz singari Yaponiyaning Xokkaydo orolida yetishtirilar ekan. Ushbu qovun navi Yubari deb ataladi. Bu qovun mintaqaning vulqon kuli aralash tuprog‘ida juda yaxshi o‘sib, hosil beradi. Yubari qovunini issiqxonalarda ham 25-28 daraja haroratda yetishtirish mumkin. Mahsulot may oyining oxiridan avgust oyigaacha pishib yetiladi. Qiziq tomoni qovun guldan chiqishi bilan dehqonlar oq qo‘lqop kiyib, qovunlarni silab parvarish qiladi. Shakli va shirinligiga qarab mahsulotlar xaridorlarga oq qog‘ozga o‘ralgan holda sotiladi. Bitta yubari qovunining o‘rtacha narxi 45 ming AQSH dolllarini tashkil qiladi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz