OAV

Shu kunlarda Qishloq xo'jaligi vazirligining tegishli boshqarmasi mas'ullari va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlaridan tarkib topgan ishchi guruhlar hududlarda bo'lib, boshoqli don ekinlari parvarishi bo'yicha seminarlar o'tkazmoqda.
Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi g'alla yetishtiruvchi klasterlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari uchun bo'lib o'tgan seminarda Milliy markaz bo'lim boshlig'i O'lmasboy Sobitov "Hududlarda ekilgan kuzgi bug'doy navlaridan kelib chiqib yuqori hosil yetishtirishda qo'llaniladigan zamonaviy agrotexnik tadbirlar" mavzusida taqdimot qildi.
Ushbu seminar haqida "Xorazm" telekanalida "G‘allachilikdagi ilmiy tajribalar taqdimoti" sarlavhasi ostida lavha efirga uzatildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube