OAV

“Zo'r TV” telekanalining “O'zimizda” tok-shousida “Ilmiy asoslantirilgan qishloq xo‘jaligi: qanday qilib ilm-fan yordamida agrar sohani rivojlantirish mumkin?” mavzusida muloqot tashkil etildi. Unda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi mas’ullari hamda tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari ham o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi.
Ko‘rsatuv davomida agrar sohada ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, seleksiya, urug‘chilik va hosildorlikni oshirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ushbu ko‘rsatuvni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube