Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Oav_biz_haqimizda

Oav_biz_haqimizda
Bu yil ilk bor Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tashabbusi bilan tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yurtimizning barcha hududlarida aholi tomorqalarida "xonadonbay" tamoyili asosida ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tadqiqotlar uchun kichik grantlar ajratilgan. E’tiborlisi, tadqiqot o‘tkazilayotgan tomorqa egasi ham loyiha ishtirokchisi sanaladi. Maqsad, ilm-fan yutuqlarini nafaqat katta ekin maydonlari, balki aholi tomorqalariga ham tatbiq etishdir. Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani “Buloqboshi” mahallasida 22 ta xonadonda ana shunday loyihalar amalga oshirilyapti. Bu haqda “O”zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informasion dasturida lavha efirga uzatildi. Lavhani rasmiy sahifalarimizda ham tomosha qilishingiz mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.