OAV_biz_haqimizda

Davlatimiz rahbari yaqindagina soha mas’ullari va tadbirkorlar ishtirokida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida investitsiyalarni jalb qilish va eksportni ko‘paytirish masalalari yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida eksport hajmini yanada oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, soha ilmini takomillashtirish va dunyo bozoriga sifatli mahsulot eksport qilish, shuningdek eksport geografiyasini kengaytirishga bo‘lgan jiddiy e’tibori Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi KOPIA markazini hamkorlik ko‘lamini kengaytirishiga turtki berdi. Ushbu xalqaro tashkilot Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan samarali hamkorlik qilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.
Lavhani rasmiy sahifalarimizda ham tomosha qilishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube