Oavbizhaqimizda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi uchun ekinlarning mahalliy serhosil navlarini yaratadilar.
Ayni kunda ilmiy muassasa jamoasi mahalliy kartoshka navlarini in-vitro usulida virus va bakteriyalardan xoli urug‘chiligini takomillashtirish ustida ish olib bormoqdalar.
Qishloq xo‘jaligi xodimlari o‘zlarining kasb bayramini nishonlayotgan ayni kunda bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida maxsus reportaj efirga uzatildi.
Ushbu ko‘rsatuvni rasmiy telegram kanalimizda ham tamosha qilishingiz mumkin.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz