Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ochiq plenar sessiyasida Ibrohim Abdurahmonov nutq so‘zladi

Ochiq plenar sessiyasida Ibrohim Abdurahmonov nutq so‘zladi
Germaniyaning Berlin shahrida Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi forumi doirasida Ochiq plenar sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Dastavval, sessiyada Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vaziri Jem O‘zdemir ko‘rgazmaga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi hamda bu kabi ko‘rgazmalar qishloq xo‘jaligida dunyo davlatlari hamkorligini mustahkamlashda eng muhim qadam ekanligini ta’kidladi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov so‘zga chiqib, bu kabi forumlar qishloq xo‘jaligida muhim poydevor vazifasini bajarishini hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish uchun maydon vazifasini o‘tab berishini aytib o‘tdi. Bundan tashqari Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligida fermerlarning rolini oshirish va ilm-fanni o‘rganish ko‘plab muammolarga yechim bo‘la olishini alohida ta'kidlab o‘tdi. Sessiya so’ngida Forumning yakuniy kommyunike qabul qilindi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.