Ochiq_ma'lumotlar

PAXTACHILIKDA ERISHILGAN NATIJALAR
So‘nggi 5 yilda Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va uning uning tizimidagi ITS lar qoshida 16 ta dastlabki urug‘chilik xo‘jaliklari tashkil etildi.
G‘o‘zaning o‘rta tolali 58 ta ingichka tolali 6 ta navning birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan. 31 ta navga patent 10 ta navga guvohnomalar olindi. G‘o‘zaning yangi 20 ta navi davlat nav sinoviga topshirildi.
2024-yilda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash Markazining taqdimotnomasi asosida 33 ta nav urug‘liklari nav sinash uchastkalariga sinash uchun yetkazib berildi.
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan g‘o‘zaning “Mang‘it-1” navi 2024-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha rayonlashtirildi.
“O‘zPITI-203” navi Andijon viloyati bo‘yicha,
“SP-41” navi Xorazm viloyati bo‘yicha,
“S-8296” navi Farg‘ona viloyati bo‘yicha,
“S-7306” navi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha,
“Sharofat” navi Navoiy viloyati bo‘yicha istiqbolli deb topildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube