Ochiq_ma'lumotlar

Sabzavotchilik sohasidagi natijalar
So‘nggi 5-yilda sabzavot ekinlarining 52 ta yangi navlari yaratildi.
24 ta navga patent, 36 ta navga guvohnomalar olindi. 20 ta yangi nav davlat nav sinoviga topshirildi.
36 ta nav Davlat reyestriga kiritildi.
O‘zbekiston-Vengriya kartoshka ilmiy markazi bilan hamkorlikda tanlab olingan Vengriya seleksiyasiga mansub “Balatoni Rozsa”, “Balatoni sarga”, “Demon”, “Botond”, “White Lady” navlari davlat reyestriga kiritildi.
2024-2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq sabzavot va polizning 8 ta turi duragaylari seleksiyasi va 3 turi duragay urug‘chiligi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Vetnam meva-sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutidan sabzavot va polizning 18 ta turidan 85 ta nav namunalari urug‘lari olib kelindi.
Milliy markaz tizimida Vengriya seleksiyasiga mansub 221,7 ming dona oldindan ekib kelinayotgan hamda mahalliy seleksiyaga mansub 215 ming dona kartoshkaning “in-vitro” sharoitida urug‘lik ko‘paytirish yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumot uchun: Ushbu olingan 23,6 ming dona mikro tuganak, 28,4 ming dona mini tuganak hamda 64,7 ming dona super-super elita avlodli urug‘lik kartoshkani issiqxona sharoitida adaptasiya jarayoniga qo‘yildi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga viruslardan holi bo‘lgan sifatli kartoshka urug‘liklari yetkazib berishi ta’minlanadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube