Ochiq_ma’lumotlar

Genetik resurslarni asrash borasidagi natijalar
Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslar ilmiy-tadqiqot instituti
103 xil ekin turining 43 855 namunalari Milliy Genbankda tirik holda saqlanmoqda.
47 xil ekin turining 4078 ta namunalarining eski reproduksiya urug‘lari unuvchanligi qayta tiklandi.
22 xil ko‘p yillik o‘simliklarning 5002 ta namunasi Dala genbankida tirik holda saqlanmoqda.
Behi eski kolleksiya bog‘i yangi joyga ko‘chirildi. Uzumning 398 ta namunalari ko‘chatlari yangi bog‘ tashkil etish uchun tayyorlandi.
Milliy genofond 1405 ta namunaga boyitildi.
Introduksiya
Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Turkiya, Meksika, Livan, Xitoy, Hindiston davlatlaridan 486 namuna;
Respublika hududlariga uyushtirilgan ekspeditsiyalardan 794 namuna;
Ilmiy muassasalardan olingan namunalar 125 ta.
21 ta ilmiy muassasaga 32 xil ekin turining morfo-biologik va qimmatli-xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega bo‘lgan 1125 ta kolleksiya namunalari birlamchi manba sifatida foydalanish uchun berildi.
Institutda yaratilgan va respublikamiz uchun istiqbolli bo‘lgan makkajo‘xori, kungaboqar, mahsar, yeryong‘oq, kunjut, bug‘doy, mosh va boshqa ekinlarining nav va duragaylaridan 147 tonna yuqori avlodli urug‘lari tayyorlanadi.
Seleksiya
Uzumning "Baraka" va "Fayz",
Mushmulaning "Yagona",
Yumshoq bug‘doyning “Obod”, “Oq suv”, “O‘ITI-1”, “Barqaror” va “Nurafshon” navlari
Soyaninig “Zarbuloq” navi
Ko‘pyillik bug‘doyning “Hayot”
Qovunning “Saboh” va “Soyli” navi yaratildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube