Ochiq_ma'lumotlar

Bog‘dorchilik ilmidagi natijalar
Milliy markaz tizimidagi akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan turli stress omillarga nisbatan chidamli bo‘lgan 20 ta meva va 3 ta uzum navlari yaratilib, shulardan 11 ta meva va 3 ta uzum navlari Davlat reyestriga kiritildi.
Ma’lumot uchun: hozirda mevalarning 15 ta payvandtaglari hamda uzumning 5 ta, qulupnayning 5 ta, malinaning 2 ta, maymunjonning 2 ta, bananning 4 ta yangi navlari, gulning 10 ta va manzarali o‘simliklarning 5 ta turi xorijiy davlatlardan olib kelinib, in-vitro sharoitida ko‘paytirish yo‘lga qo‘yildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube