Ochiq_ma’lumotlar

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil natijalari
Milliy markaz tizimida 13 ta ilmiy-tadqiqot instituti va 49 ta ilmiy tajriba stansiyasi mavjud. Ushbu ilmiy muassasalarda 1446 nafar xodim faoliyat ko‘ratadi. Xodimlarning 570 nafari ilmiy xodim bo‘lib, ularning 2 nafari akademik, 62 nafari fan doktori, 148 nafari fan nomzodlaridir. Bundan tashqari, 222 nafar tayanch va 38 nafar doktorantlar ilmiy izlanish olib bormoqda.
Seleksiya natijalarini amaliyotga joriy etish asosida:
paxtachilikda 90 foiz,
g‘allachilikda 37 foiz,
sabzavotchilikda 70 foiz,
kartoshkachilikda 20 foiz,
sholichilikda 95 foiz maydonlarda mahalliy navlar ekilmoqda.
Bugungi kunda Milliy markaz tizimidagi 11 ta ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini super elita va elita avlodli urug‘liklarini yetishtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ilmiy-tajriba stansiyalariga biriktirib berilgan umumiy yer maydonlari jami 13,8 ming gektar bo‘lib, shundan qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yer maydonlari 10,1 ming gektarni tashkil etadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube