Ochiq_ma'lumotlar

Xalqaro hamkorlik doirasidagi ishlar
Tarkibida kristallari mavjud bo‘lgan oziq-ovqat sanoatida shakar ishlab chiqarishda keng foydalaniladigan jo‘xori urug‘liklari olib kelinib, hozirda respublikamizning 4 ta mintaqasida ekilib parvarishlandi. Tuproq-iqlim sharoitiga mos agrotexnologiya ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Belarus Respublikasining “Yagodka” fermer xo‘jaligidan 35 ming dona “Golubika” ko‘chatlarini olib kelib, 10 gektar maydonda mahalliy sharoitga moslashtirdi.
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan suv kam talab qiladigan seleksion liniyalarni sinovdan o‘tkazish va tanlash bo‘yicha Filippindagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘zaro hamkorlik amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik kelgusida respublikamizda suv tanqisligi sharoitida ham sholidan yuqori hosil yetishtirish imkoniyatini beradi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Rossiya Federatsiyasining “EKONO-TEX” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik doirasida “Guar” o‘simligini O‘zbekiston tuproq-iqlimiga mos yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘ydi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube