Oilaviy tadbirkorlik va mahalla loyihalariga yangi imkoniyatlar yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
Qayd etilishicha, joriy yilda oilaviy tadbirkorlik loyihalari uchun qo‘shimcha 2 trillion so‘m imtiyozli resurs ajratildi. “Og‘ir” mahallalar uchun kredit stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushirildi.
Endilikda mahalla bankirlari o‘zlari shakllantirgan loyihalarni ushbu mablag‘lar hisobidan moliyalashtiradi. Mazkur tizim 1-avgustdan amaliyotga joriy etiladi.
Shuningdek, mahalla bankirlari faoliyati KPI asosida baholanadi. Davlat banklariga esa “Agrostar” kompaniyalari bilan hamkorlikda “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjirini yo‘lga qo‘yib, bir oy muddatda 1 mingta mahallada ishlarni boshlash topshirildi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official