OLMA DARAXTLARIGA SHAKL BERISHDA NIMALARGA DIQQAT QILISH LOZIM?

Mevali daraxtlarga muntazam ravishda shakl berilsa, hamma mevali daraxtlar yaxshi o‘sadi va yaxshi hosil beradi.
Shakl berishda quyidagi omillarga e’tibor berish yuqori natija beradi:
Aksariyat olma navlari spur kurtaklarga ega – ya’ni, kalta novdalarda gul kurtaklar shakllanadi, 2-3 yillik shoxlarda rivojlangan kalta novdalar “spur” deb nomlanadi. Biroq, ayrim shoxlarning uchki o‘suv nuqtasida ham gul kurtaklar shakllanishi kuzatiladi. Novdalarni kesish davrida hamma uchki o‘suv kurtakka ega bo‘lgan shohlarni olib tashlashdan ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda keyingi yillardagi hosil miqdori keskin kamayib ketadi.
Meva beruvchi novdalarni aniqlashda kurtaklarga qarab ajratish mumkin, unda gul kurtaklar vegetativ kurtaklarga qaraganda yirikroq va to‘mtoqroq shaklga ega bo‘ladi va bu holat mart oyida ayniqsa yaqqol kuzatiladi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI