O‘QUV-AMALIY SEMINAR

▶Birozdan so’ng Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “Agrar sohadagi ilg‘or tajriba va innovatsiyalar” mavzusida o‘quv-amaliy seminari boshlanadi.
Mazkur seminar agrar sohada zamonaviy yondashuvlar, ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tegishli idoralar vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va yetakchi ilmiy xodimlari, viloyat va tuman hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, soha mutaxassislari ishtirok etadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube