ORGANIK PAXTA YETISHTIRISH BARQAROR QISHLOQ XO`JALIGINING MUHIM QISMIDIR

Joriy yilning 24-yanvar kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Shveytsariyaning "Organik qishloq xoʼjaligi ilmiy-tadqiqot instituti" (FiBL) bilan hamkorlikda "Organik paxta" mavzusidagi ekspertlar va davlat tashkilotlari xodimlari uchun trening mashgʼulotlarining ("Training of Trainers", ToT) 2-moduli bo`lib o`tdi. Trening Shveytsariyaning "Organik qishloq xoʼjaligi ilmiy-tadqiqot instituti" (FiBL) mutaxassislari Jian Nikolay va Аbdulatib Xaldarovlar tomonidan olib borildi.
Treningning maqsadi organik paxta yetishtirish boʼyicha chuqur/intensiv bilim berishdir.
Ushbu treningda Paxta seleksiyasi, urug`chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bir guruh olimlari faol ishtirok etdi. Trening davomida ishtirokchilar oʼz bilimlarini boshqa mutaxassislarga ham yetkazib, o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI