Oʼsimliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot institutining Аndijon ilmiy tajriba stantsiyasi va Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi huzuridagi Genetika va oʼsimliklar eksperimental…

biologiyasi instituti bilan hamkorlikda 150 ta kuzgi va duvarak bugʼdoy nav namunalarining chuqur genetik tahlillarni amalga oshirish boʼyicha izlanishlar olib borilmoqda.
Shu bilan bir qatorda ularni yuqori haroratga chidamlilikni baholash boʼyicha respublikamizning eng janubiy mintaqasi Surxondaryo viloyatida joylashgan Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti dala tajriba maydonlarida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Tadqiqotni asosiy maksadi- kuzgi bugʼdoy genotiplari don va nonboplik sifat koʼrsatkichlarining tashqi muxit taʼsiri bilan oʼzaro bogʼlikligini oʼrganish, yuqori haroratga hamda sariq zang kasalligining mahalliy irqlariga chidamli gen va genlar kombinatsiyalarini aniqlashdan iborat.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube