Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Osiyo davlatlari o’rtasida sholi tadqiqotlari bo'yicha hamkorlik kengashi(CORRA)ning 29-yig‘ilishi O’zbekistonda o’tkaziladi

Osiyo davlatlari o’rtasida sholi tadqiqotlari bo'yicha hamkorlik kengashi(CORRA)ning 29-yig‘ilishi O’zbekistonda o’tkaziladi
Shu kunlarda Janubiy Koreya Respublikasining poytaxti Seul shahrida Osiyoda sholi yetishtirish boʻyicha hamkorlik kengashi (CORRA) ga a’zo davlatlar vakillari jam bo‘ldi. Tashkilotning 28-yig‘ilishida a’zo davlatlar vakillari sohada erishilayotgan yutuqlar va muammolarni tahlil qilib, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirmoqdalar. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Osiyoda sholi yetishtirish boʻyicha hamkorlik kengashi (CORRA) Osiyodagi sholi yetishtiruvchi 17 ta davlatning Milliy qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari va kengayish tizimlari (NARES) rahbarlari va IRRI(Xalqaro sholi ilmiy-tadqiqot instituti)dan iborat. CORRA ning asosiy maqsadi NARES Asia va IRRI o'rtasidagi hamkorlikni yo'naltirish, osonlashtirish, qo'llab-quvvatlash va mustahkamlashdir. Yanayam aniqroq aytganda, tashkilot o‘z oldiga mintaqada sholi yetishtirishda hamkorlikni mustahkamlash, soha ilm-fanining ilg‘or yutuqlarini a’zo davlatlar o‘rtasida baham ko‘rish va muammolarga birgalikda yechim topishni maqsad qilgan. O‘zbekiston ham ushbu tashkilotning a’zosi sanaladi. Kengash yig‘ilishida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov rahbarligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Shuhrat Otajonov mamlakatimizda sholichilikni rivojlantirish borasida erishilayotgan o‘ziga xos yutuqlar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik xususida ma’lumot berib, Osiyo davlatlari o’rtasida sholi tadqiqotlari bo'yicha hamkorlik kengashi (CORRA)ning 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi. Taklif tashkilotga a’zo davlatlar vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ta’kidlash kerakki, ushbu tashkilotga a’zolik O‘zbekistonda sholichilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Xususan, biotik va abiotik omillarga chidamli yangi serhosil navlarni yaratish, kolleksiyani boyitish, kasallik va zararkunandalarning ko‘payishi bo‘yicha axborot almashish, soha ilmi bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamkorlik qilish imkonini beradi. Shuningdek, yig‘ilishda sholi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish, sovuq suvda sholi yetishirish bo‘yicha Nepal davlati tajribasidan foydalanish va sholining duragaylarini yaratishda hamkorlik qilish borasida ham kelishuvlarga erishilmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.