Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O'TIB KETGAN VAQT, BOY BERILGAN IMKONIYATDIR!

O'TIB KETGAN VAQT, BOY BERILGAN IMKONIYATDIR!
Bugun Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov raisligida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda tizimdagi barcha ilmiy muassasalar mutasaddilari ishtirok etdi. Eng dolzarb va ijrosi kechikayotgan masalalar yig'ilish kun tartibidan o'rin oldi. O'zbekiston agrar sohasi ilm-fanida eksperement tariqasida alohi xonadonlarida o'tkazilayotgan “Xonadonbay” ilmiy-tadqiqot ishlari borishi tahlil qilindi. Milliy markaz direktor maslahatchisi Zabardast Bo‘riyev ma'lum qilishicha, ilmiy-tadqiqot institutlaridan ilmiy-texnik kengashga 48 ta loyiha ekspertlar taqdim etilgan. Ushbu loyihalarning 15 tasi ma'qullangan, qolgan loyihalarda xato va kamchiliklar mavjud bo'lganligi bois tuzatishga qaytarilgan. Ushbu axborot yuzasidan Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov "Vaqt to'xtab turmaydi, vegitatsiya davrining ham bir qismi o'tib bo'ldi. Biz o'z-o'zimizga bo'lgan mas'uliyatni oshirmasak, imkoniyatni boy beramiz" - deya tanqidiy munosabat bildirdi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlarning ilmiy-tajriba stansiyalari, tajriba yer maydonlarida tanlab olingan namunali tajriba maydonlarida dala seminarlarini tashkil bo'yicha qilinayotgan ishlar tahlil qilindi. Kun tartibidagi yana bir masala — xorijiy g‘o‘za navlari va tindirilgan chigit ekilgan hamda nav almashlab ekish mexanizimi joriy qilingan hududlarda g‘o‘za epigenetik-tadqiqotlarini olib borish yuzasidan muhim vazifalar belgilab berildi. Dolzarb masalalardan biri bo'lgan Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham tandiqdiy ruhda tahlil qilinib, mas'ullarga ko'rsatmalar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.