Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zA saytida paxtachilikdagi innovatsion yondashuvlar haqida maqola e’lon qilindi

O‘zA saytida paxtachilikdagi innovatsion yondashuvlar haqida maqola e’lon qilindi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytida “Paxtachilikda innovatsion tizimning ijobiy samarasi” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Maqolada O‘zAning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi muxbiri Davud Abibullayev paxtachilik tarmog‘ida joriy yilda hududda amalga oshirilgan yangicha yondashuvlar, joriy etilayotgan zamonaviy agrotexnologiyalar va tobora yaqinlashib kelayotgan paxta terimiga ko‘rilayotgan puxta tayyorgarlik haqida so‘z yuritgan. “Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini, ayniqsa, paxtachilik sohasini barqaror va innovatsion rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar agrar sohani sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lmoqda”, deyiladi maqolada. Shuningdek, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi kabi tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlari o‘ziga xos bo‘lgan hududlarda paxtadan yuqori hosil olish agrotexnologik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etishni taqozo etayotgani ta’kidlangan. Maqolada, xususan, fermerlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, innovatsion yondashuvlar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari paxtachilikda samaradorlikni oshirishga xizmat qilayotgani qayd etilgan. Shu bilan birga, bu yilgi paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olishga puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berilgan. Maqolani “Paxtachilikda innovatsion tizimning ijobiy samarasi” havola orqali o‘qishingiz mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.