Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturi orqali “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatiga tashrifi tafsilotlari” mavzusidagi maxsus reportaj efirga uzatildi.

O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturi orqali “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatiga tashrifi tafsilotlari” mavzusidagi maxsus reportaj efirga uzatildi.
Reportajda Prezidentning Andijon viloyatidagi qishloq xo‘jaligi obyektlariga tashrifi, sohada zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalar haqida so‘z yuritildi. Xususan, paxtachilikda Xitoyning “Shinjon” tajribasini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi. Ushbu usul asosida g‘o‘zani parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni maqbul muddatlarda tashkil etish, mavjud resurslardan samarali foydalanish va yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi. Reportaj doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Shinjon” usulining amaliy jihatlari, uning paxtachilikdagi samaradorligi, hududlarda joriy etish jarayoni hamda yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatlari haqida intervyu berdi. Shuningdek, Andijon viloyatidagi tajriba maydonlarida erishilayotgan natijalar, mazkur texnologiyaning amaliy samarasi va uni kelgusida kengaytirish istiqbollari yoritildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.