Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston agrar salohiyati Xitoy investorlari nigohida

O‘zbekiston agrar salohiyati Xitoy investorlari nigohida
Kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas'ullari hamda Xitoyning “Rongling International Investment Group Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ℹMuloqot davomida qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish hamda ikki tomonlama istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda qisqa muddatda amalga oshirish mumkin bo‘lgan amaliy investitsiya loyihalarini shakllantirish, oziq-ovqat sanoatida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yong‘oqchilik, quritilgan mevalar yetishtirish va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish zanjirini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya, kabel sanoati va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda ham o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning agrar salohiyatidan samarali foydalanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.