O‘zbekiston delegatsiyasi ICACning 83-Plenar yig‘ilishida faol ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Germaniyaning Bremen shahrida Xalqaro paxta maslahat qo‘mitasi (ICAC)ning 83-Plenar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli anjuman Bremen parlament binosida tashkil etilib, “Paxta va to‘qimachilik qiymat zanjirini barqaror kelajak uchun birlashtirish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Unda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori, akademik Shodmon Namozov boshchiligidagi delegatsiya ham faol ishtirok etmoqda.
Plenar yig‘ilish doirasida paxta yetishtirishdan tortib, uni qayta ishlash, to‘qimachilik va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq qiymat zanjiri bo‘yicha innovatsion yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar hamda ilmiy natijalar taqdim etilmoqda.
Tadbir davomida dunyoning yetakchi paxtachilik davlatlari olimlari va ekspertlari O‘zbekistonda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy yondashuvlar va modernizatsiya natijalarini yuqori baholamoqda.
Mazkur anjuman global paxtachilikni rivojlantirish, barqaror ishlab chiqarishni kengaytirish, innovatsiyalarni joriy etish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, ushbu platforma xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube