O‘zbekiston-FAO: agrar hamkorlikning yangi bosqichlari

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida xalqaro forum doirasida poytaxtimizdagi "Intercontinental Hotel" mehmonxonasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Suy Dunyuy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
ℹUchrashuvda 2 kun davomida o‘tkaziladigan ushbu forum bugungi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda global muammoga aylanib borayotgan iqlim o‘zgarishi sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etishi qayd etib o‘tildi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Suy Dunyuy O‘zbekistonga 6-marotaba kelgani, har gal tashrif buyurganida O‘zbekistondagi o‘zgarishlardan hayratda ekanligini aytib o‘tdi. Bundan tashqari agrar tarmoqdagi bir qancha yo‘nalishlarda o‘z takliflarini berib o‘tdi.
O‘z navbatida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov janob Suy Dunyuyni xalqaro forumga tashrif buyurganidan juda ham xursandligini, bu forum qishloq xo‘jaligida faoliyat olib borayotgan har bir inson uchun juda ham muhim maydon sifatida xizmat qilishini aytib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida forum doirasida o‘tkaziladigan agrar doira vakillari uchrashuvlari tajriba almashish, qishloq xo‘jaligidagi mavjud muammolarni bartaraf etishda xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram