Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Özbekiston paxtaçiligidagi özgarişlar xalqaro eʼtirofda

Özbekiston paxtaçiligidagi özgarişlar xalqaro eʼtirofda
Jahon fanlar akademiyasi (TWAS) saytida Özbekiston paxtaçiligidagi islohotlar, ilmiy yutuqlar va ularning istiqbollariga bağişlangan “The science behind Uzbekistanʼs cotton revolution” (“Özbekiston paxtaçiligidagi inqilob ortidagi ilm-fan”) sarlavhalii maqola eʼlon qilindi. Maqola muallifi Cristina Serraning taʼkidlaşiça, 2014-yilda TWAS akademigi etib saylangan, hozirda Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri lavozimida işlab kelayotgan akademik Ibrohim Abdurahmonov mamlakat paxtaçiligini modernizatsiya qilişga hissa qöşayotgan olim va siyosat yurituvçilardan biridir. Muallif Özbekiston tajribasi Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlarida ham qöllanişi mumkinligini qayd etadi. Maqolada epigenetikaning paxtaçilikdagi ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratilgan. Uşbu ilmiy yönaliş DNK ketma-ketligini özgartirmagan holda genlar faolligiga taşqi muhit qanday taʼsir körsatişini örganadi. Epigenetik yondaşuvga asoslangan agrotexnologiyalar paxtaning ertaroq gullaşi, kösaklarning tezroq yetilişi va oçilişiga yordam berişi mumkin. Maqolada keltirilgan ilmiy tadqiqot natijalariga köra, 2021–2025-yillarda Özbekistonda paxta hosildorligi örtaça 40,4 foizga oşgan. Ekin maydonlari 15,1 foizga qisqarganiga qaramay, paxta yetiştirişning umumiy hajmi 19,3 foizga köpaygan. Muallif bu natijalarni takomillaştirilgan navlarni joriy etiş va barqaror agrotexnologiyalarni kengaytirişga qaratilgan islohotlar bilan boğlaydi. Maqolada, şuningdek, 2026-yilgi paxta mavsumining dastlabki natijalari ham qayd etilgan. 22-oktabr holatiga köra, 4,85 million tonna xom paxta yiğib olingan bölib, bu belgilangan maqsadning 108 foizini taşkil etgan. "Ibrohim Abdurahmonovning taʼkidlaşiça, Özbekiston tajribasi, ayniqsa, suv tanqisligi şaroitida paxta yetiştiruvçi mamlakatlar uçun foydali bölişi mumkin. Bunda asosiy maqsad şunçaki köproq paxta yetiştiriş emas, balki har bir gektardan olinadigan iqtisodiy qiymatni oşiriş, fermerlar manfaatlarini va tabiatni himoya qilişdan iborat". deyiladi maqolada Manba: Jahon fanlar akademiyasi (TWAS), muallif — Cristina Serra. https://www.twas.org/article/science-behind-uzbekistans-cotton-revolution Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.