Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O'zbekiston Qahramoni Lola Murotova 64 yoshida vafot etdi

O'zbekiston Qahramoni Lola Murotova 64 yoshida vafot etdi
O‘zbekiston Qahramoni, Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidagi "Nurli obod" fermer xo‘jaligi rahbari, Oliy Majlis Senati a'zosi Lola Murotova og'ir hastalikdan vafot etdi. Lola Murotova 1958 yil Oltiariq tumanida tug‘ilgan. U quyidagi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan: - “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni (2004 y.); - “El-yurt hurmati” ordeni (2013 y.); - “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni (2017 y.); - “O‘zbekiston Qahramoni” va “Qizil yulduz” ordeni (2019 y.). Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi va tizim tashkilotlari jamoasi marhumaning yaqinlari hamda oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.