Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugungi kunda sohadagi bilim va tajribani tizimli ravishda yoritish va kelajak avlodga yetkazish maqsadida nashr etilayotgan “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” loyihasi tizim istiqbolida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan, Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Uralovich Abdualimov boshchiligida ushbu ensiklopediyaning I-jildi tayyorlandi. Milliy markazda soha olimlari ishtirokida tayyorlangan ilk jild bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilish davomida ensiklopediyaning nishona nusxasi ko‘rib chiqilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar asosida nashrni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur loyiha sohadagi tarixiy ma’lumotlar, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni jamlashni maqsad qilgan. Ensiklopediya kelgusida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki fermerlar, tadbirkorlar va yoshlar uchun ham qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan qator dolzarb masalalar, jumladan, qishloq xo‘jaligidagi yangi texnologiyalarni kiritish, milliy tajribani umumlashtirish va xalqaro tajribalarni o‘rganish bo‘yicha takliflar bildirildi. Xususan, o'zbek olimlari tomonidan yaratilgan nav va agrotexnologiyalar, soha akademiklari va xorijda ham e'tirof etiladigan milliy nomlarni kiritish taklifini tayyorlash o'rtaga tashlandi. Masalan, sholining "Lazurniy" navi, g'o'zaning "Sulton", qovun va sabzavotlarning jahonga mashhur bo'lib ketgan navlarini kiritish taklifilari ham bildirildi. Ushbu ensiklopediyaning nashrga tayyorlanishi agrar ta’lim va ilm-fan rivoji uchun ham ulkan imkoniyatlar yaratadi. Yig‘ilish yakunida, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va I-jildni mukammal holatga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shu bilan birga, loyihaning keyingi bosqichlari uchun izchil reja ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.