O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etilishi agrar soha ilm-fanida qanday o‘zgarish yasaydi?

– Qishloq xo‘jaligi, bu – nafaqat yer va suv bilan bog‘liq soha, balki ilm, bilim va innovatsiya bilan boyitilishi lozim bo‘lgan taraqqiyot maydonidir, – deya fikrini boshladi qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov. – Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etilishi mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega tashabbusdir. Akademiya Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining huquqiy vorisi sifatida faoliyat yuritadi va sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqadi.
Akademiya a’zolariga beriluvchi ilmiy unvonlar tizimi ham e’tiborga molik. Yosh akademiklardan tortib, professorlar, muxbir a’zolar va haqiqiy akademiklar sirasida ilmiy maktablar faoliyati rivojlanadi. Bu tizim “ustoz–shogird” tamoyili asosida iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqotlar jarayoniga jalb qilish imkonini beradi. Shu orqali ilmiy yondashuv nafaqat so‘zda, balki amaliyotda ham shakllanadi. Unga xorijiy va faxriy a’zolarni jalb qilish esa global hamkorlik sari qo‘yilgan yana bir qadamdir.
Shuningdek, “Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi ta’sis etilib, u orqali ilmiy tadqiqotlar uchun moddiy va moliyaviy kafolat mustahkamlanadi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusidan
Intervyuni to‘liq o‘qish uchun havolani bosing.
https://uza.uz/uz/posts/qishloq-xozhaligida-amaliyot-va-ilm-uygun-bolsa-har-bir-don-va-goya-barakaga-aylanadi_876391
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube