O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Hushxabar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan bir qator fan fidoyilari qatorida Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Namazov Shadman Ergashovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi Shadman Ergashovichni ushbu yuksak daraja bilan qutlaydi. Ilm-fan rivoji hamda sohada tinimsiz yangiliklarni joriy qilib borishdagi mehnatlarini qadrlaydi. Yurtimiz nufuzi va taraqqiyoti yuksalishiga bundan keyin ham o‘z salohiyat va bor bilimlarini safarbar qilishlariga komil ishonch bildiradi.
Manba
Website Telegram Facebook YouTube Instagram