Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov va bir guruh tadqiqotchilar hammuallifligidagi "Beyond Raw Fiber: Uzbekistan’s Cotton-to-Textile Transformation" ("Xom…

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov va bir guruh tadqiqotchilar hammuallifligidagi "Beyond Raw Fiber: Uzbekistan’s Cotton-to-Textile Transformation" ("Xom…
toladan yuqori qo‘shilgan qiymatgacha: O‘zbekistonning paxta-to‘qimachilik transformatsiyasi") nomli ilmiy maqola nufuzli International Cotton Advisory Committee (ICAC) tashkilotining Cotton: Review of the World Situation xalqaro nashrining 2026-yil iyun oyi sonida chop etildi. ℹMaqolada O‘zbekistonda paxtachilik sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xom ashyoni chuqur qayta ishlashga asoslangan paxta-to‘qimachilik zanjirini shakllantirish, sohaga innovatsiyalar va ilmiy yondashuvlarni joriy etish hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha erishilgan natijalar atroflicha yoritilgan. Mazkur nashrda O‘zbekiston tajribasining alohida maqola sifatida e’tirof etilishi mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan yuksak baholanayotganining yana bir amaliy ifodasi hisoblanadi. Bu esa milliy paxtachilik va to‘qimachilik tarmog‘ining xalqaro maydondagi nufuzi tobora yuksalib borayotganini tasdiqlaydi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.