Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston-Rossiya: hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekiston-Rossiya: hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda
Joriy yilning 9-10-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda o‘zaro hamkorlik munosabatlarining bugungi holati, istiqbollari muhokamasida Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut ham ishtirok etmoqda. Tashrif doirasida turli sohalar qatori, agrar soha rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishilmoqda. Binobarin, bugun Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tashrif buyurdi. Mazkur jarayonda unga O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamrohlik qilmoqda. Milliy markaz faoliyati bilan tanishar ekan, mehmon dastavval faoliyati yo‘lga qo‘yilgan O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik markazida bo‘ldilar. So‘ng, AKIS tizimi orqali agrar tarmoqda band bo‘lgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa egalariga ko‘chma agroxizmatlar ko‘rsatuvchi mobil laboratoriyalar, Milliy markaz hududida qad rostlagan O‘zbekiston-Omon hamkorligidagi xalqaro laboratoriya imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Aytish kerak, bugun Rossiya bozoriga mamlakatimizda yetishtirilayotgan turli xil qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini hosil qilgan mahsulotlar yetkazib berish ham o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizdan biri deyish mumkin. Mamlakatimiz agrar tarmog‘i bugungi kunda chin ma’noda taraqqiyot bosqichini boshdan kechirayotgani rost. Dunyo bozori va undagi talab orqali har bir mahsulot iste’molchining eng nozik xohishini qondirish joiz. Oson ish emas. Ammo aql va bilim bilan tadbir yuritilsa, buning uddasidan chiqilishi tayin. Bu yerda mehmonga mana shu fikr tasdig‘i qanday kechayotgani haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Ilm va amaliyot uyg‘unligi ta’minlangan holda mahsulot yetishtirishga bel bog‘lagan o‘zbek mirishkorlarining har bir mehnat mahsuli Rossiya iste’molchilari dasturxonida hozir bo‘lishligidan manfaatdor ekanligi vazir lisonida bayon etildi. Bugun har ikki davlatning qo‘shma va hamkorlikdagi loyihalari bisyor. Ikki vazir mana shu ishlarni mantiqiy davomiyligini ta’minlagan holda, har ikki davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi hamkorlik aloqalarini davom ettirish lozimligini qayd etib o‘tdilar. Zero, agrar sohani rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, qo‘shilgan qiymat zanjirni yaratishda bu kabi hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.