Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Agroekologik atrof-muhitni muhofaza qilish instituti tashabbusi bilan "Voha qishloq xo'jaligining iqlim o'zgarishiga chidamliligi va barqaror rivojlanishi" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tyapti. Ushbu nufuzli anjumanda Milliy markaz tizimidagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh olimlari ham faol ishtirok etmoqda.




