O‘zbekiston va Eron: qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalar va hamkorlik

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida Eron bilan hamkorlikni kengaytiradi. Sirang UAV kompaniyasi mamlakatga zamonaviy agrodronlar yetkazib berish hamda ular uchun xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiya qilish yo‘nalishida ATMAK assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bundan tashqari, Nutritech kompaniyasining 40 turdagi o‘g‘it va pestitsidlari O‘zbekistonda sinovdan o‘tkaziladi va mahalliylashtiriladi. Bu jarayon "Ma’muriy-xo‘jalik xizmati", "Bazargan Kala Co." va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) o‘rtasidagi kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Ushbu tashabbuslar qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube